«MUXTASARU-L-MA’ONIY» BALOG‘AT ILMI RIVOJIDA MUHIM MANBA
Moturidiylik · 17.08.2026 · 5 (2) · 51-61
DOI: 10.65944/6c9j0n44 ↗Kurz gefasst
Fachartikel in der Zeitschrift Moturidiylik, online erschienen am 17.08.2026. Verfasst von Abdurashid ASKAROV. Die Arbeit nennt 29 Literaturangaben. Der Volltext ist frei zugänglich (Open Access, CC BY 4.0).
Abstract (Originalsprache)
Ushbu maqolada mashhur mutafakkir Sa’duddin Taftazoniy tomonidan yozilgan «Muxtasaru-l-ma’oniy» asarining balog‘at ilmidagi o‘rni, nazariy asoslari va tahliliy xususiyatlari keng qamrovli tadqiq qilinadi. Asarning yaratilish tarixi, uning yozilish sabablari, tarkibiy tuzilishi va «Mutavval» asari bilan qiyosiy jihatlari o‘rganiladi. Taftazoniy o‘zining bu asarida balog‘at ilmining ma’oniy, bayon va badi’ tarmoqlariga oid masalalarni qisqacha, lekin chuqur ilmiy tahlillar bilan yoritgan. Ayniqsa, itnob, tashbih, istiora, kinoya, qasr, insho, e’tiroz, ijoz, musovot, lafziy va ma’naviy san’atlar kabi balog‘at san’atlari muallif tomonidan o‘ziga xos metodologik yondashuvda sharhlangan. Maqolada Taftazoniy «Muxtasaru-l-ma’oniy» asarida ilgari yozgan «Mutavval» asaridan farqli ravishda qanday ixcham va soddalashtirilgan uslubda bayon qilganini ko‘rsatadi. Shuningdek, fors va arab balog‘ati o‘rtasidagi bog‘liqlik, ilmlararo aloqalar hamda Taftazoniy tomonidan ilgari surilgan ba’zi original fikr va qarashlar ham yoritiladi. Asarning qo‘lyozma nusxalari, ular saqlanayotgan ilmiy muassasalar va nashr tarixiga oid ma’lumotlar ham batafsil tahlil etilgan. Mazkur maqola balog‘at ilmining rivojlanishida Taftazoniy merosining tutgan o‘rni, uning ilmiy maktabi va nazariy qarashlarining dolzarbligini ochib beradi hamda bugungi tadqiqotlar uchun boy manba bo‘lib xizmat qiladi.
Zitieren
APA
ASKAROV, A. (2026). «MUXTASARU-L-MA’ONIY» BALOG‘AT ILMI RIVOJIDA MUHIM MANBA. Moturidiylik, 5(2), 51-61. https://doi.org/10.65944/6c9j0n44
Vancouver
ASKAROV A. «MUXTASARU-L-MA’ONIY» BALOG‘AT ILMI RIVOJIDA MUHIM MANBA. Moturidiylik. 2026;5(2):51-61. doi:10.65944/6c9j0n44
BibTeX
@article{ASKAROV2026,
author = {ASKAROV, Abdurashid},
title = {«MUXTASARU-L-MA’ONIY» BALOG‘AT ILMI RIVOJIDA MUHIM MANBA},
journal = {Moturidiylik},
year = {2026},
volume = {5},
number = {2},
pages = {51--61},
doi = {10.65944/6c9j0n44}
}
EUVIMED