EUVIMEDEUVIMED entdecken
Open Access · CC BY 4.0

O‘ZBEK VA TURK TILLARIDA KELISHIK KATEGORIYASINING IFODALANISHI: QIYOSIY TADQIQ

Safiyya Yoqubova, Feruza Nazarova

QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI · 09.11.2026 · 20 (A) · 18-21

DOI: 10.54613/mv1kbz21 ↗

Kurz gefasst

Fachartikel in der Zeitschrift QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, online erschienen am 09.11.2026. Verfasst von Safiyya Yoqubova und 1 weiteren Autor:innen. Der Volltext ist frei zugänglich (Open Access, CC BY 4.0).

AbstractBibliografische AngabenZitierenVerwandte Studien

Abstract (Originalsprache)

Ushbu maqolada o‘zbek va turk tillarida kelishik kategoriyasining grammatik-semantik xususiyatlari, morfologik ifodalanishi hamda sintaktik vazifalari qiyosiy-chog‘ishtirma tilshunoslik nuqtayi nazaridan tadqiq etiladi. Har ikki tilning turkiy tillar oilasiga mansubligi, agglutinativ xususiyati va grammatik ma’nolarning, asosan, qo‘shimchalar vositasida ifodalanishi kelishik tizimida muayyan o‘xshashliklarni yuzaga keltiradi. Shu bilan birga, kelishik qo‘shimchalarining fonetik variantlari, unli tovushlar uyg‘unligi, grammatik ma’nolarning ifodalanishi va ayrim sintaktik qurilmalarning qo‘llanishida o‘ziga xos farqlar kuzatiladi. Maqolada, shuningdek, o‘zbek va turk tillaridagi kelishik kategoriyasining tarixiy-grammatik asoslari, morfologik shakllanish qonuniyatlari va funksional-semantik xususiyatlariga alohida e’tibor qaratiladi. Kelishik qo‘shimchalarining fonetik variantlari, ularning so‘z negiziga birikish tartibi, unli tovushlar uyg‘unligi hamda grammatik munosabatlarni ifodalash imkoniyatlari qiyosiy jihatdan tahlil qilinadi. Xususan, qaratqich va tushum kelishiklarining qo‘llanishidagi aniqlik va noaniqlik munosabatlari, jo‘nalish, o‘rin-payt va chiqish kelishiklarining makon, zamon hamda yo‘nalish ma’nolarini ifodalashdagi xususiyatlari misollar asosida yoritiladi. Shuningdek, har ikki tilda kelishik shakllarining fe’l boshqaruvi, so‘z birikmalari va gap qurilishidagi ishtiroki o‘rganilib, grammatik shakllarning o‘zaro muvofiqligi hamda tafovutlari aniqlanadi. Tadqiqotda kelishik kategoriyasining nazariy xususiyatlari bilan bir qatorda, uning amaliy til o‘rganish, tarjima va qiyosiy grammatika doirasidagi ahamiyati ham ochib beriladi.

Zitieren

APA

Yoqubova, S., & Nazarova, F. (2026). O‘ZBEK VA TURK TILLARIDA KELISHIK KATEGORIYASINING IFODALANISHI: QIYOSIY TADQIQ. QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 20(A), 18-21. https://doi.org/10.54613/mv1kbz21

Vancouver

Yoqubova S, Nazarova F. O‘ZBEK VA TURK TILLARIDA KELISHIK KATEGORIYASINING IFODALANISHI: QIYOSIY TADQIQ. QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI. 2026;20(A):18-21. doi:10.54613/mv1kbz21

BibTeX
@article{Yoqubova2026,
  author = {Yoqubova, Safiyya and Nazarova, Feruza},
  title = {O‘ZBEK VA TURK TILLARIDA KELISHIK KATEGORIYASINING IFODALANISHI: QIYOSIY TADQIQ},
  journal = {QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI},
  year = {2026},
  volume = {20},
  number = {A},
  pages = {18--21},
  doi = {10.54613/mv1kbz21}
}
Kostenlos starten →