EUVIMEDEUVIMED entdecken
Crossref

MAHALLIY GANODERMA RESINACEUM SHTAMMLARIDAN SUYUQ FERMENTATSIYA SHAROITIDA MITSELIAL BIOMASSA OLISH

M.Z. Boboxonov, I.M. Mustafayev, Sh.U. Mardonov, Z.M. Mamurova

Qo‘qon DPI. Ilmiy xabarlar jurnali · 10.10.2026 · 8 (9) · 1266-1272

DOI: 10.70728/a.series.tab.v08.i09.165 ↗

Kurz gefasst

Fachartikel in der Zeitschrift Qo‘qon DPI. Ilmiy xabarlar jurnali, online erschienen am 10.10.2026. Verfasst von M.Z. Boboxonov und 3 weiteren Autor:innen.

AbstractBibliografische AngabenZitierenVerwandte Studien

Abstract (Originalsprache)

Maqolada O‘zbekiston hududidan ajratib olingan Ganoderma resinaceum Boud. turining uchta mahalliy shtammi — GRUz-1, GRUz-2 va GRUz-3 ning suyuq oziqa muhitida o‘sish dinamikasi hamda mitselial biomassa hosil qilish qobiliyati tadqiq etildi. Tajribalar glyukoza-peptonli sintetik muhit va bug‘doy qaynatmasi asosidagi arzon tabiiy oziqa muhitida, davriy chayqatish rejimida (12 soat chayqatish / 12 soat tinch holat) olib borildi. Mazkur rejim mitselial agregatlarning zich shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Glyukoza-peptonli muhitda quruq biomassa hosildorligi 16,0–24,1 g/L oralig‘ida bo‘lib, eng yuqori ko‘rsatkich GRUz-3 shtammida (24,1 ± 1,3 g/L) qayd etildi. Ushbu natija G. lucidum uchun adabiyotlarda keltirilgan 8–20 g/L biomassa hosildorligi diapazonidan yuqori ekanligi aniqlandi. Shtammlar o‘rtasidagi farqlar bir omilli dispersiya tahlili (ANOVA: F = 53,6; p < 0,001) va Tukey post-hoc testi yordamida statistik jihatdan ishonchli ekanligi tasdiqlandi. Bug‘doy qaynatmasi asosidagi tabiiy oziqa muhitida ham quruq biomassa hosildorligi yuqori bo‘lib, 15–23 g/L oralig‘ida qayd etildi. Olingan natijalar GRUz-3 shtammining mitselial biomassa, suyuq inokulyum va polisaxaridlar olish uchun istiqbolli biologik obyekt ekanligini ko‘rsatadi.

Zitieren

APA

Boboxonov, M., Mustafayev, I., Mardonov, S., & Mamurova, Z. (2026). MAHALLIY GANODERMA RESINACEUM SHTAMMLARIDAN SUYUQ FERMENTATSIYA SHAROITIDA MITSELIAL BIOMASSA OLISH. Qo‘qon DPI. Ilmiy xabarlar jurnali, 8(9), 1266-1272. https://doi.org/10.70728/a.series.tab.v08.i09.165

Vancouver

Boboxonov M, Mustafayev I, Mardonov S, Mamurova Z. MAHALLIY GANODERMA RESINACEUM SHTAMMLARIDAN SUYUQ FERMENTATSIYA SHAROITIDA MITSELIAL BIOMASSA OLISH. Qo‘qon DPI. Ilmiy xabarlar jurnali. 2026;8(9):1266-1272. doi:10.70728/a.series.tab.v08.i09.165

BibTeX
@article{Boboxonov2026,
  author = {Boboxonov, M.Z. and Mustafayev, I.M. and Mardonov, Sh.U. and Mamurova, Z.M.},
  title = {MAHALLIY GANODERMA RESINACEUM SHTAMMLARIDAN SUYUQ FERMENTATSIYA SHAROITIDA MITSELIAL BIOMASSA OLISH},
  journal = {Qo‘qon DPI. Ilmiy xabarlar jurnali},
  year = {2026},
  volume = {8},
  number = {9},
  pages = {1266--1272},
  doi = {10.70728/a.series.tab.v08.i09.165}
}
Kostenlos starten →