INGICHKA TOLALI G‘O‘ZA (GOSSYPIUM BARBADENSE L.) GENOTIPLARINING MOLEKULYAR-GENETIK TAHLILI
Qo‘qon DPI. Ilmiy xabarlar jurnali · 01.06.2026 · 8 (4) · 101-116
DOI: 10.70728/a.series.tab.v08.i04.018 ↗Kurz gefasst
Fachartikel in der Zeitschrift Qo‘qon DPI. Ilmiy xabarlar jurnali, online erschienen am 01.06.2026. Verfasst von J. Shavqiyev und 3 weiteren Autor:innen.
Abstract (Originalsprache)
Ushbu tadqiqotda ingichka tolali g‘o‘za (Gossypium barbadense L.) genotiplarining genetik xilma-xilligi SSR (Simple Sequence Repeat) markerlari asosida baholandi hamda abiotik stresslarga chidamlilik bilan bog‘liq marker allellari aniqlab berildi. Tadqiqot materiali sifatida Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti genofond kolleksiyasidan olingan 12 ta g‘o‘za genotipi o‘rganildi. Genom DNK namunalarini ajratish Plant DNA Extraction Kit yordamida amalga oshirildi va PCR tahlillari orqali 63 ta SSR markerlari bilan molekulyar skrining o‘tkazildi. Natijalarga ko‘ra PIC qiymatlari 0,00–0,63 oralig‘ida o‘zgarib, NAU667, BNL2443, BNL3347 va NAU5434 markerlari eng yuqori polimorfizm darajasini ko‘rsatdi. Klaster tahlili asosida genotiplar to‘rtta asosiy genetik guruhga ajratildi va populyatsiyalar o‘rtasida sezilarli genetik differentsiatsiya mavjudligi aniqlandi. PCR skriningi natijasida NAU3347 markerining allellari qurg‘oqchilikka chidamlilik bilan, TMB1295 markerining allellari esa sho‘rlanishga chidamlilik bilan bog‘liqligi aniqlanib, T-2090, T-481 va T-2024 genotiplari yuqori chidamlilik ko‘rsatdi. Shuningdek, NAU3292 markerining 260 j.a. alleli tola mustahkamligi bilan ijobiy bog‘langanligi aniqlandi. Olingan natijalar SSR markerlari g‘o‘za genotiplarining genetik xilma-xilligini baholash hamda marker-assotsiyalangan seleksiya (MAS) dasturlarida foydalanish uchun samarali molekulyar vosita ekanligini ko‘rsatdi.
Zitieren
APA
Shavqiyev, J., O'., M., Salohiddinova, M., & Azimov, A. (2026). INGICHKA TOLALI G‘O‘ZA (GOSSYPIUM BARBADENSE L.) GENOTIPLARINING MOLEKULYAR-GENETIK TAHLILI. Qo‘qon DPI. Ilmiy xabarlar jurnali, 8(4), 101-116. https://doi.org/10.70728/a.series.tab.v08.i04.018
Vancouver
Shavqiyev J, O'. M, Salohiddinova M, Azimov A. INGICHKA TOLALI G‘O‘ZA (GOSSYPIUM BARBADENSE L.) GENOTIPLARINING MOLEKULYAR-GENETIK TAHLILI. Qo‘qon DPI. Ilmiy xabarlar jurnali. 2026;8(4):101-116. doi:10.70728/a.series.tab.v08.i04.018
BibTeX
@article{Shavqiyev2026,
author = {Shavqiyev, J. and O'., Mamarasulov and Salohiddinova, M. and Azimov, A.},
title = {INGICHKA TOLALI G‘O‘ZA (GOSSYPIUM BARBADENSE L.) GENOTIPLARINING MOLEKULYAR-GENETIK TAHLILI},
journal = {Qo‘qon DPI. Ilmiy xabarlar jurnali},
year = {2026},
volume = {8},
number = {4},
pages = {101--116},
doi = {10.70728/a.series.tab.v08.i04.018}
}
EUVIMED