EUVIMEDEUVIMED entdecken
Open Access · CC BY 4.0

Yosh futbolchilarda yurakning elektr va strukturaviy remodellanishi: EKG protokolidagi LVH qaydi va exokardiografik LVMI o‘rtasidagi munosabat

Nasiba Alimova

Sport ilm-fanining dolzarb muammolari · 18.09.2026 · 4 (2) · 79-86

DOI: 10.68952/j1a344 ↗

Kurz gefasst

Fachartikel in der Zeitschrift Sport ilm-fanining dolzarb muammolari, online erschienen am 18.09.2026. Verfasst von Nasiba Alimova. Der Volltext ist frei zugänglich (Open Access, CC BY 4.0).

AbstractBibliografische AngabenZitierenVerwandte Studien

Abstract (Originalsprache)

Maqsad – yosh erkak futbolchilarda yurakning elektr va strukturaviy remodellanish xususiyatlarini baholash hamda elektrokardiogramma (EKG) protokolida chap qorincha gipertrofiyasi (LVH) sifatida qayd etilgan belgi bilan exokardiografik chap qorincha miokard massasi indeksi (LVMI) o‘rtasidagi munosabatni aniqlash. Retrospektiv kesimiy tahlilga 2026-yil mart–iyun oylarida sport-tibbiy ko‘rikdan o‘tgan 23 nafar erkak futbolchining ma’lumotlari kiritildi. Exokardiografik ma’lumotlar barcha 23 sportchida, birlamchi EKG 22 sportchida mavjud edi. EKG protokolida LVH qaydi mavjud va mavjud bo‘lmagan guruhlar Mann–Whitney U-testi bilan taqqoslandi, morfofunksional ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi bog‘lanish Spearman rang korrelyatsiyasi yordamida baholandi. EKGda sinus bradikardiyasi/bradiaritmiyasi 18/22 (81,8%), LVH qaydi 16/22 (72,7%) holatda uchradi. Umumiy guruhda LVMI 88,70±9,46 g/m², chiqarish fraksiyasi 61,22±2,95% ni tashkil etdi. EKG-LVH qaydi mavjud guruhda LVMI 90,63±9,67 g/m², qayd mavjud bo‘lmagan guruhda 85,00±8,32 g/m² bo‘lib, farq statistik ahamiyatli emas edi (U=60,0; p=0,396). Chap qorincha miokard massasi (LVM) bilan oxirgi diastolik hajm (EDV) (ρ=0,597; p=0,003) va zarb hajmi (SV) (ρ=0,515; p=0,012) o‘rtasida musbat bog‘lanish aniqlandi. Natijalar EKG protokolida LVH sifatida qayd etilgan elektr fenotipni anatomik gipertrofiyaning bevosita ekvivalenti sifatida talqin qilmaslik va yosh futbolchilarda EKG hamda exokardiografik ma’lumotlarni integrativ baholash zarurligini ko‘rsatadi.

Zitieren

APA

Alimova, N. (2026). Yosh futbolchilarda yurakning elektr va strukturaviy remodellanishi: EKG protokolidagi LVH qaydi va exokardiografik LVMI o‘rtasidagi munosabat. Sport ilm-fanining dolzarb muammolari, 4(2), 79-86. https://doi.org/10.68952/j1a344

Vancouver

Alimova N. Yosh futbolchilarda yurakning elektr va strukturaviy remodellanishi: EKG protokolidagi LVH qaydi va exokardiografik LVMI o‘rtasidagi munosabat. Sport ilm-fanining dolzarb muammolari. 2026;4(2):79-86. doi:10.68952/j1a344

BibTeX
@article{Alimova2026,
  author = {Alimova, Nasiba},
  title = {Yosh futbolchilarda yurakning elektr va strukturaviy remodellanishi: EKG protokolidagi LVH qaydi va exokardiografik LVMI o‘rtasidagi munosabat},
  journal = {Sport ilm-fanining dolzarb muammolari},
  year = {2026},
  volume = {4},
  number = {2},
  pages = {79--86},
  doi = {10.68952/j1a344}
}
Kostenlos starten →