EKOTURIZM FAOLIYATIDAN KELIB CHIQADIGAN EKOLOGIK ZARAR UCHUN HUQUQIY JAVOBGARLIK
Ekologiya va yer huquqi / Environmental and Land Law · 27.10.2026 · 2 (1) · 108-125
DOI: 10.68023/s5k92t38 ↗Kurz gefasst
Fachartikel in der Zeitschrift Ekologiya va yer huquqi / Environmental and Land Law, online erschienen am 27.10.2026. Verfasst von Muslima Toshmirzayeva und 1 weiteren Autor:innen.
Abstract (Originalsprache)
Ekoturizm tabiatni muhofaza qilish, biologik xilma-xillikni saqlash va mahalliy aholining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ko’maklashadi. Shu bilan birga, ekoturistik faoliyatning kengayishi chiqindilarning to’planishi, suv va tuproqning ifloslanishi, tabiiy ekotizimlarning buzilishi hamda o’simlik va hayvonot dunyosiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Mazkur muammolar ekoturizm faoliyatidan kelib chiqadigan ekologik zarar uchun huquqiy javobgarlik mexanizmlarini takomillashtirish zaruratini yuzaga keltiradi. Tadqiqotning maqsadi ekologik zarar uchun huquqiy javobgarlikning huquqiy asoslarini tahlil qilish va uning samaradorligini oshirish yo’nalishlarini aniqlashdan iborat. Tadqiqotda tizimli tahlil, qiyosiy-huquqiy, formal-yuridik va umumlashtirish metodlaridan foydalanildi. O’zbekistonning ekologiya va turizm sohasidagi qonunchiligi, tegishli xalqaro huquqiy hujjatlar hamda ekoturizmning ekologik oqibatlariga oid ilmiy tadqiqotlar o’rganildi. Natijalar atrof-muhitni samarali muhofaza qilish uchun oldini olish choralari, ekologik monitoring, zarar yetkazgan subyektlarni aniqlash va yetkazilgan zararni qoplash mexanizmlarini kompleks qo’llash zarurligini ko’rsatadi. Turizm subyektlarining ekologik majburiyatlarini aniq belgilash, chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish alohida ahamiyatga ega. Xulosa sifatida huquqiy javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash, ekologik zararni baholash usullarini takomillashtirish va zararni qoplash mexanizmlarini rivojlantirish zarurligi asoslandi. Ushbu choralar ekoturizmni rivojlantirish va tabiiy ekotizimlarni saqlash o’rtasidagi muvozanatni ta’minlashga xizmat qiladi.
Zitieren
APA
Toshmirzayeva, M., & To’xtashev, H. (2026). EKOTURIZM FAOLIYATIDAN KELIB CHIQADIGAN EKOLOGIK ZARAR UCHUN HUQUQIY JAVOBGARLIK. Ekologiya va yer huquqi / Environmental and Land Law, 2(1), 108-125. https://doi.org/10.68023/s5k92t38
Vancouver
Toshmirzayeva M, To’xtashev H. EKOTURIZM FAOLIYATIDAN KELIB CHIQADIGAN EKOLOGIK ZARAR UCHUN HUQUQIY JAVOBGARLIK. Ekologiya va yer huquqi / Environmental and Land Law. 2026;2(1):108-125. doi:10.68023/s5k92t38
BibTeX
@article{Toshmirzayeva2026,
author = {Toshmirzayeva, Muslima and To’xtashev, Hikmatilla},
title = {EKOTURIZM FAOLIYATIDAN KELIB CHIQADIGAN EKOLOGIK ZARAR UCHUN HUQUQIY JAVOBGARLIK},
journal = {Ekologiya va yer huquqi / Environmental and Land Law},
year = {2026},
volume = {2},
number = {1},
pages = {108--125},
doi = {10.68023/s5k92t38}
}
EUVIMED