QUYOSH PANELLARI UCHUN AVTOMATLASHTIRILGAN INTELLEKTUAL MONITORING VA BOSHQARUV DASTURIY TIZIMI
Ekologiya va yer huquqi / Environmental and Land Law · 11.10.2026 · 2 (1) · 82-92
DOI: 10.68023/5hptzz34 ↗Kurz gefasst
Fachartikel in der Zeitschrift Ekologiya va yer huquqi / Environmental and Land Law, online erschienen am 11.10.2026. Verfasst von Ismoil Komilov und 1 weiteren Autor:innen.
Abstract (Originalsprache)
Quyosh panellarining xizmat muddatini uzaytirish va barqaror ishlash samaradorligini ta’minlashda ularning texnik holatini muntazam tekshirib borish muhim ahamiyatga ega. Fotoelektrik (PV) tizimlarning quyosh energiyasidan foydalanish imkoniyatlarini to‘liq ro‘yobga chiqarishda intellektual monitoring va boshqaruv tizimlaridan foydalanish samarali yechim hisoblanadi. Bunday tizimlar ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, kuzatish, boshqarish hamda o‘lchash jarayonlarini qulay grafik interfeys orqali amalga oshirish imkonini beradi. Ayniqsa, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, jumladan, quyosh fotoelektrik qurilmalarining ishlash ko‘rsatkichlarini baholashda avtomatlashtirilgan ma’lumotlarni yig‘ish tizimlaridan foydalanish muhimdir. Ushbu tizimlar o‘rnatilganquyosh elektr qurilmasiga oid ma’lumotlarni uzluksiz to‘plash va tahlil qilishga xizmat qiladi. Mazkur tadqiqotda quyosh panellari uchun buyumlar interneti (IoT — Internet of Things) texnologiyasiga asoslangan avtomatlashtirilgan intellektual monitoring va boshqaruv dasturiy tizimini ishlab chiqish masalasi ko‘rib chiqiladi. Tizimning ishlashi turli sensorlar, ma’lumotlarni yig‘ish modullari va maxsus dasturiy ta’minot vositalari orqali tashkil etiladi. Quyosh fotoelektrikqurilmasining elektr kuchlanishi, tok kuchi va ishlab chiqarilgan elektr energiyasi kabi asosiy ko‘rsatkichlari real vaqt rejimida o‘lchanadi, qayta ishlanadi, ekranda aks ettiriladi hamda ma’lumotlar bazasida saqlanadi. Taklif etilayotgan intellektual tizim quyosh panellarining ishlashida yuzaga keladigan nosozliklarni aniqlash, tegishli xatoliklar haqida ogohlantirish, texnik xizmat ko‘rsatish zarurati yuzasidan elektron pochta yoki SMS orqali eslatmalar yuborish imkoniyatlariga ega. Shuningdek, tizimda saqlangan quyoshning kutilayotgan joylashuviga oid astronomik ma’lumotlar asosida panellarning yo‘nalishini avtomatik ravishda o‘zgartirish orqali quyosh nurlaridan foydalanish samaradorligini oshirish nazarda tutiladi. Ishlab chiqilayotgan dasturiy tizimning asosiy afzalligi quyosh panellarining texnik holati va energetik ko‘rsatkichlarini masofadan kuzatish, to‘plangan ma’lumotlarni tahlil qilish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarni o‘z vaqtida aniqlash imkoniyatidir. Natijada, tizimning ishlash samaradorligini oshirish, texnik xizmat ko‘rsatish jarayonlarini takomillashtirish va quyosh energiyasidan foydalanish samaradorligini yaxshilashga erishish mumkin.
Zitieren
APA
Komilov, I., & Djalilov, A. (2026). QUYOSH PANELLARI UCHUN AVTOMATLASHTIRILGAN INTELLEKTUAL MONITORING VA BOSHQARUV DASTURIY TIZIMI. Ekologiya va yer huquqi / Environmental and Land Law, 2(1), 82-92. https://doi.org/10.68023/5hptzz34
Vancouver
Komilov I, Djalilov A. QUYOSH PANELLARI UCHUN AVTOMATLASHTIRILGAN INTELLEKTUAL MONITORING VA BOSHQARUV DASTURIY TIZIMI. Ekologiya va yer huquqi / Environmental and Land Law. 2026;2(1):82-92. doi:10.68023/5hptzz34
BibTeX
@article{Komilov2026,
author = {Komilov, Ismoil and Djalilov, Anvar},
title = {QUYOSH PANELLARI UCHUN AVTOMATLASHTIRILGAN INTELLEKTUAL MONITORING VA BOSHQARUV DASTURIY TIZIMI},
journal = {Ekologiya va yer huquqi / Environmental and Land Law},
year = {2026},
volume = {2},
number = {1},
pages = {82--92},
doi = {10.68023/5hptzz34}
}
EUVIMED