EUVIMEDEUVIMED entdecken
Open Access · CC BY 4.0

“BAHR AL-ASROR FI MANOQIB AL-AXYOR” ASARINING O‘RGANILISHI

Siyovash Hafizov

Meros · 30.06.2026 · 9 (1) · 28-42

DOI: 10.66803/2026.1.183 ↗

Kurz gefasst

Fachartikel in der Zeitschrift Meros, online erschienen am 30.06.2026. Verfasst von Siyovash Hafizov. Der Volltext ist frei zugänglich (Open Access, CC BY 4.0).

AbstractBibliografische AngabenZitierenVerwandte Studien

Abstract (Originalsprache)

Mazkur tadqiqot Mahmud ibn Valining “Bahr аl-asror” asari o‘rganilishiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda XIX asr oxirlaridan XX asr birinchi choragigacha bo‘lgan davrda ushbu asar yuzasidan olib borilgan izlanishlarning qisqacha tavsifi keltirilgan. Tadqiqotning maqsadi ilgarigi olimlarning izlanishlarini ko‘rib chiqish hamda ularning e’tiboridan chetga qolgan jihatlarni aniqlashdan iborat. Olib borilgan izlanishlar natijasida tadqiqotchilar asosan “Bahr аl-asror”ning tarix va geografiya qismlarini keng miqyosda o‘rganganliklari aniqlandi. Shuningdek, asarning mazmuni, tuzilishi va qo‘lyozma nusxalarini o‘rganish bo‘yicha ham salmoqli tadqiqotlar amalga oshirilgani ma’lum bo‘ldi. Asarning davlat boshqaruvida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan amirlar biografiyasiga oid hamda foydali qazilmalar va dorivor o‘simliklar haqida bayon qilingan qismlari qisman tadqiq etilganiga amin bo‘lindi. Shu bilan birga asardagi XVI asr oxiri – XVII asr birinchi yarmi Movarounnahr va Xuroson ijtimoiy hayotiga doir ma’lumotlar hamda ma’naviy-ma’rifiy hayotida muhim rol o‘ynagan ulamolar va shayxlar tarjimayi hollariga oid qismlar tadqiqotchilar e’tiboridan chetda qolgani anglashildi. Ushbu tadqiqotda “Bahr аl-asror” yuzasidan izlanish olib borgan olimlar asosan asarning qaysi jihatlarini o‘rganishganini aniqlashga e’tibor qaratildi. Bu borada ma’lumotlarni ketma-ket berib borishda davrlashtirish, tadqiqotchilarning ishlarini baholashda tanqidiy va qiyosiy usullardan foydalanildi.

Zitieren

APA

Hafizov, S. (2026). “BAHR AL-ASROR FI MANOQIB AL-AXYOR” ASARINING O‘RGANILISHI. Meros, 9(1), 28-42. https://doi.org/10.66803/2026.1.183

Vancouver

Hafizov S. “BAHR AL-ASROR FI MANOQIB AL-AXYOR” ASARINING O‘RGANILISHI. Meros. 2026;9(1):28-42. doi:10.66803/2026.1.183

BibTeX
@article{Hafizov2026,
  author = {Hafizov, Siyovash},
  title = {“BAHR AL-ASROR FI MANOQIB AL-AXYOR” ASARINING O‘RGANILISHI},
  journal = {Meros},
  year = {2026},
  volume = {9},
  number = {1},
  pages = {28--42},
  doi = {10.66803/2026.1.183}
}
Kostenlos starten →