TIBBIYOT XODIMLARIDA KASBIY STRESS VA EMOTSIONAL ZO‘RIQISHNING OLDINI OLISH
Journal of Global Scientific Innovations · 2026
DOI: 10.66639/pb4qmw47 ↗Kurz gefasst
Fachartikel in der Zeitschrift Journal of Global Scientific Innovations, 2026. Verfasst von Dilbar Abdullayeva. Der Volltext ist frei zugänglich (Open Access, CC BY 4.0).
Abstract (Originalsprache)
Mazkur maqolada tibbiyot xodimlari faoliyatida yuzaga keladigan kasbiy stress va emotsional zo‘riqishning asosiy sabablari, ularning xodim salomatligi hamda tibbiy xizmat sifatiga ta’siri va oldini olishning zamonaviy yondashuvlari tahlil qilinadi. Tibbiyot xodimlarining kasbiy faoliyati yuqori darajadagi mas’uliyat, vaqt tanqisligi, katta ish yuklamasi, bemorlar va ularning yaqinlari bilan doimiy muloqot, og‘ir klinik holatlar, smenali va tungi mehnat hamda emotsional jihatdan murakkab vaziyatlar bilan tavsiflanadi. Mazkur omillarning uzoq vaqt davomida ta’sir etishi emotsional holdan toyish, ishga nisbatan salbiy munosabat, kasbiy samaradorlikning pasayishi va professional kuyish xavfining ortishiga olib kelishi mumkin. Tadqiqotda tibbiyot xodimlarida kasbiy stressni kamaytirishning individual, jamoaviy va tashkiliy usullari ilmiy adabiyotlar asosida o‘rganildi. Stressni boshqarish ko‘nikmalarini rivojlantirish, psixologik qo‘llab-quvvatlash, ish va dam olish tartibini takomillashtirish, sog‘lom jamoaviy muhitni shakllantirish, ish yuklamasini oqilona taqsimlash hamda rahbariyat tomonidan xodimlarning ruhiy farovonligini qo‘llab-quvvatlash muhim profilaktik choralar sifatida belgilandi.
Zitieren
APA
Abdullayeva, D. (2026). TIBBIYOT XODIMLARIDA KASBIY STRESS VA EMOTSIONAL ZO‘RIQISHNING OLDINI OLISH. Journal of Global Scientific Innovations. https://doi.org/10.66639/pb4qmw47
Vancouver
Abdullayeva D. TIBBIYOT XODIMLARIDA KASBIY STRESS VA EMOTSIONAL ZO‘RIQISHNING OLDINI OLISH. Journal of Global Scientific Innovations. 2026. doi:10.66639/pb4qmw47
BibTeX
@article{Abdullayeva2026,
author = {Abdullayeva, Dilbar},
title = {TIBBIYOT XODIMLARIDA KASBIY STRESS VA EMOTSIONAL ZO‘RIQISHNING OLDINI OLISH},
journal = {Journal of Global Scientific Innovations},
year = {2026},
doi = {10.66639/pb4qmw47}
}
EUVIMED