INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDAGI QISQARTMA SO‘ZLARNING TURLARI VA TASNIFI
SCIENCE TIME · 20.10.2026 · 4 (10/2) · 191-196
DOI: 10.66345/st.7689 ↗Kurz gefasst
Fachartikel in der Zeitschrift SCIENCE TIME, online erschienen am 20.10.2026. Verfasst von Majidova Nilufar Bahodir qizi und 1 weiteren Autor:innen. Der Volltext ist frei zugänglich (Open Access, CC BY 4.0).
Abstract (Originalsprache)
Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi qisqartma so‘zlarning shakllanish xususiyatlari, strukturaviy-semantik turlari, fonetik realizatsiyasi hamda funksional-uslubiy tasnifi qiyosiy lingvistik nuqtayi nazardan tadqiq etiladi. Zamonaviy kommunikatsiya jarayonida til birliklarining iqtisodlashuvi natijasida yuzaga kelayotgan qisqartmalar ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va raqamli diskursning faol tarkibiy qismlaridan biriga aylanmoqda. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillarida qo‘llaniladigan qisqartmabirliklarning umumiy va farqli belgilarini aniqlash, ularni hosil bo‘lish mexanizmi, talaffuzi, semantik mustaqilligi va kommunikativ vazifalari asosida tizimlashtirishdan iborat. Tadqiqot jarayonida qiyosiy-tipologik, tavsifiy, strukturaviy-semantik, komponentli va kontekstual tahlil usullaridan foydalanildi. Tahlil uchun ikki tildagi siyosiy, ilmiy, ta’limiy, texnologik va kundalik muloqotga xos qisqartmalar namuna sifatida tanlandi. Natijalar qisqartmalarning initsial, akronimik, bo‘g‘inli, aralash, grafik hamda leksik qisqarish shakllarida namoyon bo‘lishini ko‘rsatadi. Shuningdek, ingliz tilida qisqartma va akronimlarning fonetik hamda leksik jihatdanmoslashuvi, o‘zbek tilida esa xalqaro va o‘zlashgan qisqartmalarning milliy grammatik tizim bilan munosabati muhim o‘rin tutishi asoslanadi. Maqolada qisqartmalarni shakliy, fonetik, semantik, kelib chiqish va funksional mezonlar asosida ko‘p o‘lchovli tasniflash taklif etiladi. Tadqiqot natijalari qiyosiy tilshunoslik, leksikologiya, terminologiya, tarjimashunoslik va leksikografiya yo‘nalishlaridagi ilmiy izlanishlar uchun nazariy hamda amaliy ahamiyatga ega.
Zitieren
APA
qizi, M. N. B., & Gavhar, S. (2026). INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDAGI QISQARTMA SO‘ZLARNING TURLARI VA TASNIFI. SCIENCE TIME, 4(10/2), 191-196. https://doi.org/10.66345/st.7689
Vancouver
qizi MNB, Gavhar S. INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDAGI QISQARTMA SO‘ZLARNING TURLARI VA TASNIFI. SCIENCE TIME. 2026;4(10/2):191-196. doi:10.66345/st.7689
BibTeX
@article{qizi2026,
author = {qizi, Majidova Nilufar Bahodir and Gavhar, Salomova},
title = {INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDAGI QISQARTMA SO‘ZLARNING TURLARI VA TASNIFI},
journal = {SCIENCE TIME},
year = {2026},
volume = {4},
number = {10/2},
pages = {191--196},
doi = {10.66345/st.7689}
}
EUVIMED