UZOQ MUDDATLI DAVOLANISHGA MUHTOJ BOLALARNING GOSPITAL TA’LIMDAN UMUMTA’LIM MAKTABIGA REINTEGRATSIYASINI PEDAGOGIK QO‘LLAB-QUVVATLASH: NAZARIY ASOSLAR, MEXANIZMLAR VA MUALLIFLIK MODELI
Maktab ta'limi: muammolar, izlanishlar, yechimlar · 26.10.2026 · (402)
DOI: 10.66023/mt/v_i402/476 ↗Kurz gefasst
Fachartikel in der Zeitschrift Maktab ta'limi: muammolar, izlanishlar, yechimlar, online erschienen am 26.10.2026. Verfasst von Dilmurod Duyshaboyevich Alimov. Der Volltext ist frei zugänglich (Open Access, CC BY 4.0).
Abstract (Originalsprache)
Mazkur maqolada uzoq muddatli davolanish jarayonida gospital maktablarda ta’lim olayotgan bolalarni umumta’lim maktablariga qayta jalb etish, ya’ni reintegratsiya jarayonining pedagogik mazmuni, tarkibiy tuzilishi, bosqichlari, shart-sharoitlari va samaradorlik mezonlari kompleks tarzda tahlil qilinadi. Uzoq muddatli davolanish bolaning ta’limiy faoliyati, o‘quv motivatsiyasi, psixologik holati, ijtimoiy munosabatlari, tengdoshlari bilan aloqalari va maktab jamoasiga mansublik hissiga ta’sir qilishi mumkin. Shu sababli bolaning umumta’lim maktabiga qaytishi faqat ta’lim muassasasiga jismoniy qaytish sifatida emas, balki uning akademik, ijtimoiy, psixologik va kommunikativ faoliyatini qayta tiklashga qaratilgan murakkab va ko‘p komponentli pedagogik jarayon sifatida qaralishi lozim. Maqolada “reintegratsiya”, “gospital ta’lim”, “akademik uzluksizlik”, “ijtimoiy integratsiya”, “individual reintegratsiya rejasi” va “pedagogik qo‘llab-quvvatlash” tushunchalarining mazmuni aniqlashtiriladi. Xalqaro ilmiy adabiyotlarda pediatrik onkologiya sharoitida maktabga qaytish masalasiga bag‘ishlangan tizimli sharhlar, meta-tahlillar va sifat tadqiqotlari natijalari tahlil qilinib, uzoq muddatli davolanishdan keyingi reintegratsiyaga ta’sir qiluvchi asosiy akademik, funksional, psixologik va ijtimoiy omillar aniqlanadi. Shuningdek, O‘zbekistonda uzoq muddatli davolanishga muhtoj bolalar uchun tashkil etilgan “Mehrli maktab” tizimining normativ-huquqiy va pedagogik imkoniyatlari yoritiladi. Nazariy tahlil va pedagogik amaliyot asosida gospital maktab o‘quvchilarining umumta’lim maktabiga reintegratsiyasining 12 bosqichdan iborat mualliflik modeli taklif etiladi (diagnostika, individual reintegratsiya profilini shakllantirish, individual reintegratsiya rejasini ishlab chiqish, davolanish davrida ta’limiy uzluksizlikni ta’minlash, umumta’lim maktabi bilan akademik va ijtimoiy aloqalarni saqlash, maktab muhitini reintegratsiyaga tayyorlash, bosqichma-bosqich qaytish, akademik moslashuv, ijtimoiy-psixologik moslashuv, monitoring, pedagogik korreksiya, barqaror reintegratsiya). Ushbu model reintegratsiyani bir martalik tadbir emas, balki diagnostikadan boshlanib, barqaror moslashuvgacha davom etadigan dinamik, individualizatsiyalashgan va qayta aloqa mexanizmiga ega pedagogik tizim sifatida talqin qilish imkonini beradi. Maqolada reintegratsiyaning samaradorligi faqat o‘quvchining maktabga qaytishi bilan emas, balki uning o‘quv faoliyatida barqaror ishtiroki, tengdoshlari bilan munosabatlarini tiklashi, psixologik xavfsizlikni his qilishi, maktab jamoasiga mansublik hissini qayta shakllantirishi va individual imkoniyatlariga mos akademik rivojlanishni davom ettira olishi bilan belgilanadi. Mualliflik yondashuvida gospital maktab umumta’lim maktabining muqobili emas, balki bolaning uzluksiz ta’lim trayektoriyasini ta’minlovchi va uni asosiy maktabga qaytishga tayyorlovchi pedagogik ko‘prik sifatida talqin qilinadi.
Zitieren
APA
Alimov, D. D. (2026). UZOQ MUDDATLI DAVOLANISHGA MUHTOJ BOLALARNING GOSPITAL TA’LIMDAN UMUMTA’LIM MAKTABIGA REINTEGRATSIYASINI PEDAGOGIK QO‘LLAB-QUVVATLASH: NAZARIY ASOSLAR, MEXANIZMLAR VA MUALLIFLIK MODELI. Maktab ta'limi: muammolar, izlanishlar, yechimlar. https://doi.org/10.66023/mt/v_i402/476
Vancouver
Alimov DD. UZOQ MUDDATLI DAVOLANISHGA MUHTOJ BOLALARNING GOSPITAL TA’LIMDAN UMUMTA’LIM MAKTABIGA REINTEGRATSIYASINI PEDAGOGIK QO‘LLAB-QUVVATLASH: NAZARIY ASOSLAR, MEXANIZMLAR VA MUALLIFLIK MODELI. Maktab ta'limi: muammolar, izlanishlar, yechimlar. 2026. doi:10.66023/mt/v_i402/476
BibTeX
@article{Alimov2026,
author = {Alimov, Dilmurod Duyshaboyevich},
title = {UZOQ MUDDATLI DAVOLANISHGA MUHTOJ BOLALARNING GOSPITAL TA’LIMDAN UMUMTA’LIM MAKTABIGA REINTEGRATSIYASINI PEDAGOGIK QO‘LLAB-QUVVATLASH: NAZARIY ASOSLAR, MEXANIZMLAR VA MUALLIFLIK MODELI},
journal = {Maktab ta'limi: muammolar, izlanishlar, yechimlar},
year = {2026},
number = {402},
doi = {10.66023/mt/v_i402/476}
}
EUVIMED