HINDISTON O‘LKASIDA HADIS ILMIGA OID ASARLARNI O‘RGANISHNING METODOLOGIK ASOSLARI
Moturidiylik · 17.08.2026 · 5 (2) · 17-25
DOI: 10.65944/shb10083 ↗Kurz gefasst
Fachartikel in der Zeitschrift Moturidiylik, online erschienen am 17.08.2026. Verfasst von Qobil YUSUPOV. Die Arbeit nennt 27 Literaturangaben. Der Volltext ist frei zugänglich (Open Access, CC BY 4.0).
Abstract (Originalsprache)
Maqola XIX–XX asrlarda Hindiston yarimorolida hadis ilmining rivojiga ta’sir ko‘rsatgan asosiy omillar, harakatlar va ulamolarning ilmiy faoliyatini o‘rganishga bag‘ishlangan. Unda «ahli hadis», «barlaviya», «qodiyoniya», «ahli Qur’on» kabi harakatlarning vujudga kelish sabablari, ularning asoschilari – Siddiq Hasanxon, Ahmad Rizoxon Barlaviy, G‘ulom Ahmad Qodiyoniy, Abdulloh Chakravaliy kabi shaxslarning e’tiqodiy qarashlari va faoliyati tahlil qilinadi. Har bir maktabning hadisga munosabati, hadisdan foydalanish uslubi, tafsir va fiqh bilan bog‘liq yondashuvlari qiyosiy tarzda ko‘rib chiqilgan. Maqolada, shuningdek, mazkur harakatlarga ilmiy raddiya bergan Anvarshoh Kashmiriy, Shabbir Ahmad Usmoniy, Xalil Ahmad Sahoranfuriy, Yusuf Bannuriy, Abdulhay Laknaviy kabi olimlarning hadis sharhlari va metodologik yondashuvlari yoritilgan. Ushbu olimlar tomonidan «Fayz al-Boriy», «Fath al-Mulhim», «Bazl al-Majhud», «Maorif as-sunan» kabi nodir asarlar yaratilib, ularning har birida hadis roviylari, istilohlar, sanad va matn tahlili, hanafiy fiqhi asosida hukm chiqarish kabi jihatlar chuqur o‘rganilgan. Ayniqsa, raddiyalar ularning ilmiy jasorati va salohiyatini ko‘rsatadi. Maqolada Hindistonda hadis ilmi rivojining tarixiy, ijtimoiy va fiqhiy asoslari yoritiladi hamda bu hududda shakllangan boy ilmiy an’analar ilmiy asosda tahlil qilinadi.
Zitieren
APA
YUSUPOV, Q. (2026). HINDISTON O‘LKASIDA HADIS ILMIGA OID ASARLARNI O‘RGANISHNING METODOLOGIK ASOSLARI. Moturidiylik, 5(2), 17-25. https://doi.org/10.65944/shb10083
Vancouver
YUSUPOV Q. HINDISTON O‘LKASIDA HADIS ILMIGA OID ASARLARNI O‘RGANISHNING METODOLOGIK ASOSLARI. Moturidiylik. 2026;5(2):17-25. doi:10.65944/shb10083
BibTeX
@article{YUSUPOV2026,
author = {YUSUPOV, Qobil},
title = {HINDISTON O‘LKASIDA HADIS ILMIGA OID ASARLARNI O‘RGANISHNING METODOLOGIK ASOSLARI},
journal = {Moturidiylik},
year = {2026},
volume = {5},
number = {2},
pages = {17--25},
doi = {10.65944/shb10083}
}
EUVIMED