EUVIMEDEUVIMED entdecken
Open Access · CC BY 4.0

Barqaror rivojlanish kontekstida gender tengligi va xalqaro tajriba: til, siyosat va ijtimoiy diskurs uyg‘unligi

Baxronova Dilrabo Keldiyorovna, Kamoliddinova Saodat Fikrat qizi

MARKAZIY OSIYODA JAMIYAT, GENDER VA OILA xalqaro ilmiy jurnali · 10.04.2026 · 28-37

DOI: 10.65185/mojgo.vi.630 ↗

Kurz gefasst

Fachartikel in der Zeitschrift MARKAZIY OSIYODA JAMIYAT, GENDER VA OILA xalqaro ilmiy jurnali, online erschienen am 10.04.2026. Verfasst von Baxronova Dilrabo Keldiyorovna und 1 weiteren Autor:innen. Der Volltext ist frei zugänglich (Open Access, CC BY 4.0).

AbstractBibliografische AngabenZitierenVerwandte Studien

Abstract (Originalsprache)

Mazkur ilmiy maqola gender tengligi muammosini lingvistik, diskursiv va institutsional yondashuvlar asosida kompleks tahlil qilishga bag‘ishlangan bo‘lib, unda O‘zbekiston, Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) va Ispaniya tajribasini qiyosiy-chog‘ishtirma o‘rganish maqsad qilingan. Gender tengligi faqat normativ-huquqiy hujjatlar va davlat siyosati doirasida emas, balki jamiyatda muomalada bo‘lgan til, stereotip tushunchalar va diskurs orqali ham shakllanishi va reproduksiya qilinishi tadqiqotning asosiy g‘oyasi sifatida belgilangan. Shu bois, maqolada gender tengligiga oid rasmiy siyosat bilan bir qatorda, kundalik nutqda uchraydigan stereotip ibora, maqol va ijtimoiy diskurs namunalari o‘zbek, ingliz, ispan tillarida tahlil qilindi, ular orqali jamiyatda ayollarning ta’lim, bandlik va ijtimoiy faolligiga nisbatan mavjud qarashlarni aks ettiruvchi muhim lingvokulturologik markerlar aniqlandi. Maqola metodologik jihatdan kontekstual-chog‘ishtirma, diskursiv-tahliliy, statistik va institutsional yondashuvlarga tayanadi. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi, xususan, “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni, BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari (SDG 5), UNDP va BMTning mamlakat bo‘yicha hisobotlari tadqiqotning normativ-huquqiy va empirik asosini tashkil etadi. Shu bilan birga, AQSh va Ispaniyada gender tengligi sohasida amal qilayotgan huquqiy va institutsional mexanizmlar bilan qiyosiy-chog‘ishtirma tahlil olib boriladi.

Zitieren

APA

Keldiyorovna, B. D., & qizi, K. S. F. (2026). Barqaror rivojlanish kontekstida gender tengligi va xalqaro tajriba: til, siyosat va ijtimoiy diskurs uyg‘unligi. MARKAZIY OSIYODA JAMIYAT, GENDER VA OILA xalqaro ilmiy jurnali, 28-37. https://doi.org/10.65185/mojgo.vi.630

Vancouver

Keldiyorovna BD, qizi KSF. Barqaror rivojlanish kontekstida gender tengligi va xalqaro tajriba: til, siyosat va ijtimoiy diskurs uyg‘unligi. MARKAZIY OSIYODA JAMIYAT, GENDER VA OILA xalqaro ilmiy jurnali. 2026:28-37. doi:10.65185/mojgo.vi.630

BibTeX
@article{Keldiyorovna2026,
  author = {Keldiyorovna, Baxronova Dilrabo and qizi, Kamoliddinova Saodat Fikrat},
  title = {Barqaror rivojlanish kontekstida gender tengligi va xalqaro tajriba: til, siyosat va ijtimoiy diskurs uyg‘unligi},
  journal = {MARKAZIY OSIYODA JAMIYAT, GENDER VA OILA xalqaro ilmiy jurnali},
  year = {2026},
  pages = {28--37},
  doi = {10.65185/mojgo.vi.630}
}
Kostenlos starten →