Madaniy qo‘ziqorinlarni quritishning turli usullarining mahsulot sifati va texnologik samaradorlikka ta’siri
Agro kimyo himoya va o`simliklar karantini · 07.08.2026 · 121 (6)
DOI: 10.63241/agro-1811 ↗Kurz gefasst
Fachartikel in der Zeitschrift Agro kimyo himoya va o`simliklar karantini, online erschienen am 07.08.2026. Verfasst von Jasur Azizbek o‘g‘li Ismoilov.
Abstract (Originalsprache)
Ushbu tadqiqotda madaniy qo‘ziqorinlarni quritishning turli usullarining mahsulot sifati va texnologik samaradorligiga ta’siri qiyosiy baholandi. Tadqiqot obyekti sifatida oziqaviy qiymati va sanoat ahamiyati yuqori bo‘lgan Pleurotus ostreatus va Agaricus bisporus madaniy qo‘ziqorinlari tanlandi. Nazorat qilinadigan sharoitlarda an’anaviy konvektiv quritish hamda kombinatsiyalashgan quritish texnologiyalari o‘zaro taqqoslandi. Quritish usullarining samaradorligi quritish davomiyligi, yakuniy namlik miqdori, quritish chiqimi, qayta namlanish (regidratatsiya) qobiliyati, organoleptik ko‘rsatkichlari hamda umumiy texnologik samaradorligi asosida baholandi. Tadqiqot natijalari quritish usuli quritilgan qo‘ziqorinlarning sifati va texnologik ko‘rsatkichlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatishini aniqladi. Kombinatsiyalashgan quritish texnologiyasi Pleurotus ostreatus uchun quritish vaqtini 410 daqiqadan 215 daqiqagacha, Agaricus bisporus uchun esa 430 daqiqadan 235 daqiqagacha qisqartirdi. Shu bilan birga, regidratatsiya qobiliyati mos ravishda 74 % dan 89 % gacha va 72 % dan 87 % gacha oshdi, organoleptik baholar esa 3,9 dan 4,7 gacha hamda 3,7 dan 4,6 gacha yaxshilandi. Shuningdek, kombinatsiyalashgan quritish usuli mahsulotning rangi, tuzilishi va saqlash davridagi barqarorligini yaxshiladi. Olingan natijalar madaniy qo‘ziqorinlarni sanoat miqyosida qayta ishlashda yuqori sifatli quritilgan mahsulot ishlab chiqarish uchun samarali quritish texnologiyasini tanlashda ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Zitieren
APA
Ismoilov, J. A. O. (2026). Madaniy qo‘ziqorinlarni quritishning turli usullarining mahsulot sifati va texnologik samaradorlikka ta’siri. Agro kimyo himoya va o`simliklar karantini, 121(6). https://doi.org/10.63241/agro-1811
Vancouver
Ismoilov JAO. Madaniy qo‘ziqorinlarni quritishning turli usullarining mahsulot sifati va texnologik samaradorlikka ta’siri. Agro kimyo himoya va o`simliklar karantini. 2026;121(6). doi:10.63241/agro-1811
BibTeX
@article{Ismoilov2026,
author = {Ismoilov, Jasur Azizbek o‘g‘li},
title = {Madaniy qo‘ziqorinlarni quritishning turli usullarining mahsulot sifati va texnologik samaradorlikka ta’siri},
journal = {Agro kimyo himoya va o`simliklar karantini},
year = {2026},
volume = {121},
number = {6},
doi = {10.63241/agro-1811}
}
EUVIMED