KUZGI YUMSHOQ BUGʻDOYNING NAV VA DURAGAY TIZMALARINI NAZORAT KOʻCHATZORIDA QIMMATLI XOʻJALIK BELGILARI BOʻYICHA OʻRGANISH
Agro kimyo himoya va o`simliklar karantini · 07.08.2026 · 121 (6)
DOI: 10.63241/agro-1787 ↗Kurz gefasst
Fachartikel in der Zeitschrift Agro kimyo himoya va o`simliklar karantini, online erschienen am 07.08.2026. Verfasst von Fazliddin Ergashovich Uzaqov.
Abstract (Originalsprache)
Kuzgi yumshoq bugʻdoyning dunyo genofondi koʻchatzoridan tanlab olingan namunalari va mahalliy sharoitda yaratilgan duragay tizmalarining seleksiya nazorat koʻchatzoridagi xoʻjalik-biologik belgilari boʻyicha oʻtkazilgan tadqiqot natijalari keltirilgan. 2018–2019 yillarda oʻtkazilgan tajribalarda 20 ta nav, namuna va duragay tizma oʻrganilib, andoza sifatida erta pisharlik boʻyicha Chillaki navi va yuqori hosildorlik hamda kasalliklarga bardoshlilik boʻyicha Krasnodar-99 navi tanlab olindi. Fenologik kuzatuvlar, biometrik tahlil va don texnologik sifat koʻrsatkichlari boʻyicha oʻtkazilgan tadqiqotlar natijasida KN-5224 namunasi eng erta pishar (28-may) va eng yuqori hosildor (78,8 s/ga) tizma sifatida ajralib chiqdi, shuningdek uning don sifat koʻrsatkichlari (oqsil 14,5%, kleykovina 30,5%, IDK 70 birlik, I sinf) yuqori baholandi. AS-2011-D11 va AS-2009-D1 duragay tizmalari ham hosildorlik (mos ravishda 71,1 va 70,8 s/ga) va sifat koʻrsatkichlari boʻyicha ijobiy natija koʻrsatdi. Sariq zang kasalligiga eng chidamsiz tizma sifatida AS-2011-D7 (S30) aniqlandi, andoza Krasnodar-99 navi esa oʻrtacha chidamlilik (MR10) namoyon etdi. Olingan natijalar asosida KN-5224, KN-4035, AS-2011-D11 va AS-2009-D1 tizmalari seleksiya jarayonining keyingi bosqichi — raqobatli nav sinash koʻchatzoriga oʻtkazildi.
Zitieren
APA
Uzaqov, F. E. (2026). KUZGI YUMSHOQ BUGʻDOYNING NAV VA DURAGAY TIZMALARINI NAZORAT KOʻCHATZORIDA QIMMATLI XOʻJALIK BELGILARI BOʻYICHA OʻRGANISH. Agro kimyo himoya va o`simliklar karantini, 121(6). https://doi.org/10.63241/agro-1787
Vancouver
Uzaqov FE. KUZGI YUMSHOQ BUGʻDOYNING NAV VA DURAGAY TIZMALARINI NAZORAT KOʻCHATZORIDA QIMMATLI XOʻJALIK BELGILARI BOʻYICHA OʻRGANISH. Agro kimyo himoya va o`simliklar karantini. 2026;121(6). doi:10.63241/agro-1787
BibTeX
@article{Uzaqov2026,
author = {Uzaqov, Fazliddin Ergashovich},
title = {KUZGI YUMSHOQ BUGʻDOYNING NAV VA DURAGAY TIZMALARINI NAZORAT KOʻCHATZORIDA QIMMATLI XOʻJALIK BELGILARI BOʻYICHA OʻRGANISH},
journal = {Agro kimyo himoya va o`simliklar karantini},
year = {2026},
volume = {121},
number = {6},
doi = {10.63241/agro-1787}
}
EUVIMED