TUG‘MA TANGLAY KEMTIGIGA EGA BOLALARDA BURUN VA BURUN YONDOSH BO‘SHLIQLARI HOLATINI BAHOLASH
Eurasian Journal of Otorhinolaryngology - Head and Neck Surgery · 01.11.2025 · 4 · 94-99
DOI: 10.57231/j.ejohns.2025.4.3.014 ↗Kurz gefasst
Fachartikel in der Zeitschrift Eurasian Journal of Otorhinolaryngology - Head and Neck Surgery, online erschienen am 01.11.2025. Verfasst von M.G’. Raximova.
Abstract (Originalsprache)
Ushbu maqolada tug‘ma tanglay kemtigiga ega bo‘lgan bolalarda burun va burun yondoshbo‘shliqlarning anatomik va funksional holati batafsil o‘rganildi. Tadqiqot doirasida 9 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lganjami 62 nafar bola ikki guruhga bo‘lingan: asosiy guruhda 31 nafar tug‘ma tanglay kemtigi mavjud bo‘lgan bemorlar,nazorat guruhida esa 31 nafar sog‘lom bola kuzatildi. Barcha bemorlar hayotining birinchi yilidayoq rekonstruktivjarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan. Tadqiqot metodlari sifatida anamnez yig‘ish, otorinolaringologik tekshiruvlar, burun vaburun-halqumning endoskopik baholanishi, shuningdek, yallig‘lanish jarayonlari gumon qilingan hollarda kompyutertomogra$ yasi ishlatildi. Olingan natijalar asosida TTKli bolalarda burun to‘sig‘ining turli darajada qiyshayganligianiqlandi, qiyshayishlarning katta qismi chap tomonga yo‘naltirilgan edi. Pastki burun chig‘anoqlarining gipertro$ yasibilan kechuvchi burun to‘sig‘i qiyshayishi bemorlarning 50 % dan ortig‘ida kuzatildi. Bundan tashqari, o‘rta burunchig‘anoqlarining oldingi qismlarida pnevmatizatsiyaning kuchayishi, ya’ni concha bullosa holatlari aniqlanib, bu yuqorinafas yo‘llarining funksional holatiga ta’sir ko‘rsatadi. Nazorat guruhidagi bolalarda esa burun to‘sig‘ining qiyshayishi kamuchradi va pnevmatizatsiya darajasida sezilarli farq kuzatilmadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, tug‘ma tanglaykemtigiga ega bolalarda yuqori nafas yo‘llari tuzilmasidagi anatomik o‘zgarishlar nafas olishda qiyinchiliklar, yuqorinafas yo‘llari infektsiyalari va surunkali otorinolaringologik kasalliklar rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun, ushbubemorlarni erta bosqichda aniqlash, ularning burun va sinus holatini muntazam nazorat qilish, zarur hollarda jarrohlikaralashuvini o‘z vaqtida bajarish muhimdir. Ushbu tadqiqot yuqori nafas yo‘llari patologiyalarining oldini olish va samaralidavolash yondashuvlarini ishlab chiqishda muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, bolalarda sog‘lom nafas olishfunksiyasini ta’minlashga xizmat qiladi.
Zitieren
APA
Raximova, M. (2025). TUG‘MA TANGLAY KEMTIGIGA EGA BOLALARDA BURUN VA BURUN YONDOSH BO‘SHLIQLARI HOLATINI BAHOLASH. Eurasian Journal of Otorhinolaryngology - Head and Neck Surgery, 4, 94-99. https://doi.org/10.57231/j.ejohns.2025.4.3.014
Vancouver
Raximova M. TUG‘MA TANGLAY KEMTIGIGA EGA BOLALARDA BURUN VA BURUN YONDOSH BO‘SHLIQLARI HOLATINI BAHOLASH. Eurasian Journal of Otorhinolaryngology - Head and Neck Surgery. 2025;4:94-99. doi:10.57231/j.ejohns.2025.4.3.014
BibTeX
@article{Raximova2025,
author = {Raximova, M.G’.},
title = {TUG‘MA TANGLAY KEMTIGIGA EGA BOLALARDA BURUN VA BURUN YONDOSH BO‘SHLIQLARI HOLATINI BAHOLASH},
journal = {Eurasian Journal of Otorhinolaryngology - Head and Neck Surgery},
year = {2025},
volume = {4},
pages = {94--99},
doi = {10.57231/j.ejohns.2025.4.3.014}
}
EUVIMED