EUVIMEDEUVIMED entdecken
Open Access · CC BY 4.0

LIRIK QAHRAMONNING “YO‘QOLGAN MEN” FENOMENI

Abdulazizbek Qodirov

QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI · 18.06.2026 · 18 (C) · 145-147

DOI: 10.54613/ku.v18ic.1762 ↗

Kurz gefasst

Fachartikel in der Zeitschrift QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, online erschienen am 18.06.2026. Verfasst von Abdulazizbek Qodirov. Der Volltext ist frei zugänglich (Open Access, CC BY 4.0).

AbstractBibliografische AngabenZitierenVerwandte Studien

Abstract (Originalsprache)

Maqolada XX asr oxiri va XXI asr boshlaridagi ijtimoiy, madaniy hamda ma’naviy o‘zgarishlar sharoitida lirik qahramon identitetining inqirozga yuz tutishi va “yo‘qolgan men” fenomenining badiiy-estetik tabiati tahlil qilinadi. Identitet inqirozining dastlab psixologiya, sotsiologiya va falsafa doirasida shakllangan nazariy tushuncha sifatidagi mazmuni ochib berilib, uning zamonaviy adabiyotshunoslikka ko‘chishi, xususan, lirik subyektni anglashdagi metodologik ahamiyati yoritiladi. Tadqiqotda E.Erikson, S.Hall, R.Bart, M.Fuko, M.Baxtin va P.Rikyor qarashlariga tayanilib, badiiy matndagi “men”ning barqaror va yaxlit mohiyat emas, balki til, xotira, madaniyat, tarix, diskurs va ijtimoiy rollar ta’sirida shakllanuvchi murakkab poetik subyekt ekanligi asoslanadi. “Yo‘qolgan men” tushunchasi shaxsning butunlay yo‘qolishi emas, balki avvalgi o‘zlik mezonlari bilan yangi hayot tajribasi o‘rtasidagi uzilish, ichki yaxlitlikning buzilishi va yangi identitetni izlash jarayoni sifatida talqin etiladi. Maqolada identitet inqirozining she’riyatda yolg‘izlik, begonalashuv, ichki dialog, o‘z-o‘ziga savol berish, xotira, yo‘l, uy, shahar, ko‘zgu, soya, tun va sukut kabi obraz hamda motivlar orqali namoyon bo‘lishi ko‘rsatiladi. Shuningdek, istiqlol davri o‘zbek she’riyatida milliy o‘zlikni qayta anglash, tarixiy xotirani tiklash, globallashuv va yangi ijtimoiy muhit ta’sirida lirik “men”ning o‘zini izlash jarayonlari kuchaygani ta’kidlanadi. Natijada “yo‘qolgan men” fenomeni zamonaviy o‘zbek lirikasida shaxs va davr o‘rtasidagi murakkab munosabatlarni, ruhiy parokandalikni hamda o‘zlikni qayta qurish ehtiyojini ifodalovchi muhim poetik hodisa sifatida baholanadi. Tahlil davomida lirik qahramon va real muallif o‘rtasidagi farq ham nazariy jihatdan aniqlashtirilib, poetik “men”ning matn ichida yaratiladigan estetik konstruksiya ekaniga alohida e’tibor qaratiladi. Shu asosda identitet inqirozining mavzu bilangina cheklanmay, obrazlar tizimi, nutq ohangi, kompozitsiya va ramziy qatlamda ham namoyon bo‘lishi asosiy muhim ilmiy xulosa sifatida ilgari suriladi.

Zitieren

APA

Qodirov, A. (2026). LIRIK QAHRAMONNING “YO‘QOLGAN MEN” FENOMENI. QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 18(C), 145-147. https://doi.org/10.54613/ku.v18ic.1762

Vancouver

Qodirov A. LIRIK QAHRAMONNING “YO‘QOLGAN MEN” FENOMENI. QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI. 2026;18(C):145-147. doi:10.54613/ku.v18ic.1762

BibTeX
@article{Qodirov2026,
  author = {Qodirov, Abdulazizbek},
  title = {LIRIK QAHRAMONNING “YO‘QOLGAN MEN” FENOMENI},
  journal = {QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI},
  year = {2026},
  volume = {18},
  number = {C},
  pages = {145--147},
  doi = {10.54613/ku.v18ic.1762}
}
Kostenlos starten →