ALISHER NAVOIY NASRIDA OSHIQ OBRAZINING HAYOTIY ASOSLARI VA BADIIY TALQINI
QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI · 09.11.2026 · 20 (A) · 14-17
DOI: 10.54613/j8w2hj49 ↗Kurz gefasst
Fachartikel in der Zeitschrift QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, online erschienen am 09.11.2026. Verfasst von Elnura Qurbonova. Der Volltext ist frei zugänglich (Open Access, CC BY 4.0).
Abstract (Originalsprache)
Maqolada badiiy asarda mavzu va g‘oyaning shakllanishi, muallif bayonining g‘oyaviy-badiiy vazifasi Alisher Navoiyning nasriy merosi asosida tadqiq etilgan. Badiiy ijodda mavzu tanlash, hayotiy materialni saralash va obraz yaratish jarayonining muallif dunyoqarashi, ijodiy niyati hamda asarning janriy xususiyatlari bilan uzviy aloqadorligi yoritilgan. Navoiy lirik, epik va nasriy asarlarida ishq mavzusining mushtarak g‘oyaviy asosga egaligi, badiiy ifodasi va muallif bayonidagi o‘ziga xosliklar adabiy tur va janr imkoniyatlari bilan belgilanishi qiyosiy tahlil qilingan. Shuningdek, “Muhokamat ul-lug‘atayn”, “Xamsat ul-mutahayyirin”, “Holoti Sayyid Hasan Ardasher”, “Holoti Pahlavon Muhammad” asarlarida mutafakkirning ishq va oshiqlik bilan bog‘liq qarashlari o‘zaro qiyoslangan. Xususan, manoqib va holotlarda oshiq obrazining hayotiy asoslari, real tarixiy shaxslarning ma’naviy-axloqiy qiyofasi orqali komil oshiqqa xos fazilatlarning ifodalanishi, muallifning shaxsiy munosabati va badiiy bahosining obraz mohiyatini ochishdagi o‘rni tahlil etilgan. Navoiy tasavvuridagi komil oshiq qiyofasi faqat badiiy tahayyul mahsuli bo‘lmay, shoirning hayotiy kuzatishlari, shaxsiy tajribasi va ruhiy yaqinlik rishtalari bilan ham shakllangani ko‘rsatib berilgan. Shoir nasriy asarlarida tarixiy shaxslarning hayot tarzi, ruhiy olami va axloqiy fazilatlari vositasida ishqning inson kamolotidagi o‘rni, oshiqlikning ma’rifiy-irfoniy mohiyati hamda muallifning oshiq obrazi haqidagi qarashlar tizimi ifodalangani yuzasidan ilmiy xulosalar chiqarilgan.
Zitieren
APA
Qurbonova, E. (2026). ALISHER NAVOIY NASRIDA OSHIQ OBRAZINING HAYOTIY ASOSLARI VA BADIIY TALQINI. QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 20(A), 14-17. https://doi.org/10.54613/j8w2hj49
Vancouver
Qurbonova E. ALISHER NAVOIY NASRIDA OSHIQ OBRAZINING HAYOTIY ASOSLARI VA BADIIY TALQINI. QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI. 2026;20(A):14-17. doi:10.54613/j8w2hj49
BibTeX
@article{Qurbonova2026,
author = {Qurbonova, Elnura},
title = {ALISHER NAVOIY NASRIDA OSHIQ OBRAZINING HAYOTIY ASOSLARI VA BADIIY TALQINI},
journal = {QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI},
year = {2026},
volume = {20},
number = {A},
pages = {14--17},
doi = {10.54613/j8w2hj49}
}
EUVIMED