XOTIRA VA O‘ZINI OQLASH: INGLIZ VA O‘ZBEK ROMANIDA RETROSPEKTIV ISHONCHSIZ HIKOYACHI
QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI · 05.10.2026 · 19 (B) · 212-216
DOI: 10.54613/8at3tf89 ↗Kurz gefasst
Fachartikel in der Zeitschrift QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, online erschienen am 05.10.2026. Verfasst von Zebo Narmetova. Der Volltext ist frei zugänglich (Open Access, CC BY 4.0).
Abstract (Originalsprache)
Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek romanlarida retrospektiv hikoyalashning badiiy-narratologik xususiyatlari, xususan, o‘tmish voqealarini xotirlash jarayonida o‘zini oqlashga moyil, xotira mazmunini ongli yoki beixtiyor ravishda qayta talqin qiluvchi ishonchsiz hikoyachi obrazi qiyosiy jihatdan tadqiq etiladi. Tadqiqotda hikoyachining kechmish voqealariga munosabati, xotira va subyektiv idrok o‘rtasidagi murakkab aloqadorlik, shaxsiy manfaat va ruhiy kechinmalarning voqelikni bayon etishga ta’siri asosiy tahlil yo‘nalishlari sifatida belgilanadi. Retrospektiv hikoyalashda o‘tmishning aynan qanday bo‘lganini qayta tiklashdan ko‘ra, hikoyachining uni qanday eslashi, anglashga urinishi va o‘z nuqtayi nazaridan izohlashi muhim badiiy vositaga aylanishi ochib beriladi. Tahlil jarayonida ishonchsiz hikoyachilikning monologik va polifonik modellari ajratilib, ularning voqelikni ifodalash hamda badiiy haqiqatni shakllantirishdagi imkoniyatlari qiyoslanadi. Monologik modelda hikoyachining o‘z bayonidagi ichki ziddiyatlar, muhim tafsilotlarni chetlab o‘tishi, voqealarni tanlab eslashi va shaxsiy xatti-harakatlariga oqlov topishga intilishi orqali uning ishonchsizligi namoyon bo‘ladi. Polifonik modelda esa turli hikoyachilarning qarama-qarshi yoki bir-birini to‘ldiruvchi bayonlari voqelikning ko‘p qirrali manzarasini yuzaga keltiradi hamda alohida hikoyachining cheklangan nuqtayi nazarini aniqlashtirish imkonini beradi. Qiyosiy kuzatishlar asosida ingliz romanlarida monologik, o‘zbek romanida esa polifonik hikoyalash tamoyillarining ustuvorligi tahlil qilinadi.
Zitieren
APA
Narmetova, Z. (2026). XOTIRA VA O‘ZINI OQLASH: INGLIZ VA O‘ZBEK ROMANIDA RETROSPEKTIV ISHONCHSIZ HIKOYACHI. QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 19(B), 212-216. https://doi.org/10.54613/8at3tf89
Vancouver
Narmetova Z. XOTIRA VA O‘ZINI OQLASH: INGLIZ VA O‘ZBEK ROMANIDA RETROSPEKTIV ISHONCHSIZ HIKOYACHI. QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI. 2026;19(B):212-216. doi:10.54613/8at3tf89
BibTeX
@article{Narmetova2026,
author = {Narmetova, Zebo},
title = {XOTIRA VA O‘ZINI OQLASH: INGLIZ VA O‘ZBEK ROMANIDA RETROSPEKTIV ISHONCHSIZ HIKOYACHI},
journal = {QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI},
year = {2026},
volume = {19},
number = {B},
pages = {212--216},
doi = {10.54613/8at3tf89}
}
EUVIMED